Kredit-modul tizimi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kredit-modul tizimini joriy etishdagi muammolar va ularni hal etish yo‘llari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi boshlig‘i M.Sultanov tomonidan o‘tkazildi.
Muloqot davomida yurtimizda oliy ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etishning uslubiy ta’minoti xususida tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berildi.
Davra suhbati yakunida yig‘ilganlar mavzu bo‘yicha o‘zlarining savollari, taklif va mulohazalarini bildirishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish