401

Akademiyaga Dogʻiston muftiysining “Yaxshilar axloqi” kitobi tuhfa qilindi

Xabaringiz bor, Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston Respublikasining muftiysi Shayx Ahmad Afandi tomonidan yozilgan “Yaxshilar axloqi” (“Благонравие праведников”) nomli o‘zbek tilidagi kitobning onlayn taqdimoti o‘tkazilgan edi.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy soha vakillari, ta’lim muassasalari jamoalari, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari ishtirok etishgan. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari qatnashgan edilar.

Yaqinda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markaziga dog‘istonlik mehmon Muhammad Sayfullo tomonidan Dog‘iston Respublikasi muftiysi Shayx Ahmad Afandining “Yaxshilar axloqi” kitobi tuhfa qilindi. Unda Akademiya Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori D.Maxsudov, “Islom  tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri N.Muhamedov, kafedra professori S.Agzamxodjayev, Axborot-resurs markazi xodimi S.Baxtiyorova ishtirok etishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Matbuot xizmati

 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish