Muhim asarlar taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasida Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” (“Bola huquqlari kodeksi”) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri hamda Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning “Yo‘l harakati fiqhi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Zohidullo Munavvarov, taniqli ulamolar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
Taqdimot marosimida so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarga “Jomi’ ahkom as-sig‘or” va “Yo‘l harakati fiqhi”kitoblarining bugungi kundagi ahamiyati haqida keng ma’lumot berishdi.
O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning bola huquqlariga doir “Jomi’ ahkom as-sig‘or” jahon sivilizatsiyasi tarixidagi benazir asarlardan biri hisoblanadi. Asar voyaga yetmagan bolalar huquqi bo‘yicha fiqhiy qo‘llanma bo‘lib, asrlar davomida amalda bo‘lib kelgan va musulmon dunyosi bo‘ylab keng tarqalgan. Musulmon olamida Imom Ustrushaniydan oldin ham, keyin ham bolalar huquqlariga taalluqli bunday mukammal fiqhiy asar yozilmagan.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish