439

Akademiya xodimlari o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
 

Akademiya xodimlari sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat-shashka turlari bo‘yicha bellashuvlarida ishtirok etishdi.

Dastavval futbol bahslari bo‘yicha saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in bahslardan so‘ng “Rektorat”, “Mumtoz sharq filologiyasi”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” hamda “Ziyo-zukko” jamoalari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Ziyo-zukko” jamoalari finalda g‘oliblik uchun kurash olish borishadi.

Sport bellashuvlari davom etmoqda.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish