400

Davra suhbati o‘tkazildi

2021-2022-o‘quv yilidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti bilan hamkorlikda 3 oylik “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi tashkil etilgan. Hozirda mazkur o‘quv kursida 120 nafar tinglovchi tahsil olmoqda.

Tasdiqlangan rejasiga muvofiq, tinglovchilar uchun har oyda diniy-ma’rifiy soha malakali professor-o‘qituvchilari va yetuk xodimlari bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etish belgilangan. Shu bois O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi anjumanlar zalida “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi tinglovchilari uchun “Muallim media” ijtimoiy-ma’rifiy kanali rahbari Odinaxon Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq qizi bilan “Qur’oni karimni o‘qish va yodlashda ayol-qizlarning roli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda o‘quv kursining ayol-qizlardan iborat tinglovchilari qatnashdi. 

Tadbirda Qur’oni o‘rganish va ilm olishda ayol-qizlarning o‘rni, oila mustahkamligi, farzand tarbiyasida olima ayollarning vazifalari hamda jamiyat taraqqiyotida o‘qimishli o‘zbek ayoli timsoli kabi mavzularda ma’lumotlar yetkazildi. 

Tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga Odinaxon Muhammad Yusuf Muhammad Sodiq qizi tomonidan to‘liq va ilmiy javoblar berish bilan bir qatorda, Qur’onni o‘qish va yod olishga doir tavsiyalar ham aytib o‘tildi. 

“Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish