352

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi tomonidan 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavr va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz. 

“PCTE Group of Institutes” Hindistonning Panjob shtatining Ludiana shahrida joylashgan. Ushbu dastur muhandislik, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, biotexnologiya, turizm, moda va dizayn, tijorat va boshqa yo‘nalishlarga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 nafar nomzodga o‘quv jarayonlari uchun to‘lovlar grant sifatida taqdim etiladi. Oziq-ovqat, yotoqxona, transport xarajatlari talaba tomonidan qoplanadi.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 1-fevral.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.



 

Izoh qoldirish