714

Akademik litsey

Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti rektorining 2000-yil 20-iyundagi 01-25-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent islom universiteti qoshidagi akademik litsey maqomi berilgan.

Akademik litsey 2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-apreldagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tuzilmasi tarkibiga kiritilib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi nomi berilgan.

Akademik litsey – yangi turdagi o‘quv muassasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, Davlat ta’limi standartlariga mos ravishda faoliyatini ko‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda litseyda 264 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda va ularga 30 ga yaqin malakali o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Shu bilan birga, ta’lim jarayoniga   O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

Litseyda “Aniq fanlar”, “Ijtimoiy-gumanitar” va “Xorijiy filologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quv xonalari zamonaviy o‘quv-texnik vositalari bilan jihozlangan.

Darslar turli fanlarga ixtisoslashgan xonalarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Barcha o‘quv xonalari kompyuter, videoproyektor va televizorlar bilan jihozlangan.

O‘quvchi yoshlarning mustaqil ta’lim olishlari uchun akademik litsey axborot resurs markazida yetarlicha o‘quv va badiiy adabiyotlar hamda elektron nushalari mavjud.

Akademik litseyda doimiy ravishda o‘quvchi yoshlarni xalqimizning urf-odatlari, an’analari va tarixiga bo‘lgan hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlar o‘tkazilib boriladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Sep
12
Ta'lim muassasalari
“Ziyo-zukko” umumta’lim maktabi
05:33

Izoh qoldirish