-thumb.jpg)
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori
Qabul kunlari: Seshanba-Payshanba
Telefon: +99871 244 95 94
E-mail:
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori lavozim vazifalari:
• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Davlat ta'lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma'naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash;
• Davlat ta'lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta'minlash;
• Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, o‘quv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha Akademiya Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
• Ilg‘or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta'limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash;
• Ilmiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ilmiy ishlarni tashkil etish;
• Ilmiy jarayon bilan shug‘ullanadigan bo‘limlar, dekanatlar, kafedralar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
• Ilmiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘limlar, fakul'tet va kafedralar ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
• Ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish, ilmiy mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy tajribalarni umumlashtirish;
• Ilmiy ish materiallari, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda Akademiyaning barcha ta'lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini boyitishga ko‘maklashish;
• yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori bilan hamkorlikda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va tadqiqotchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Imom Buxoriy, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
• Yuqori ilmiy darajali, ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida doktorantura ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish, uning faoliyatini yuqori saviyada bo‘lishini ta'minlash;
• O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida amalga oshiriladigan barcha darajadagi dissertasiyalar va tadqiqotlarning yuqori ilmiy saviyada amalga oshirilishini ta'minlash;
• Ilmiy-tadqiqotlar va innovasion loyihalar markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi; Ilmiy tadqiqot, innovasiyalar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash sektori va Manbalar xazinasi bo‘limining faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
• Globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida ilmiy-tahliliy materiallar tayyorlash;
• Akademiyaning respublika va xorijiy ilmiy grantlardagi ishtirokini ta'minlash va ularda faol ishtirok etish;
• Professor-o‘qituvchilar va ilmiy ishlarga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etish;
• Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tadbirlariga ko‘maklashish;
• Ushbu prorektor bo‘ysinuvidagi mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Ta'lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta'minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda fakul'tet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Kafedralar, fakul'tetlar va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
• Oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash;
• O‘rnatilgan tartibda Akademiyaning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
• O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o‘tkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.
• O‘ziga biriktirilgan tovar-moddiy boyliklaridan foydalanish va ularning butligini ta'minlashga to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.
Rektor tomonidan ushbu lavozim vazifalaridan tashqari boshqa funksiya va majburiyatlar yuklatilishi mumkin.
Biografiya