Ro'ziyev Zokir Hoshimovich

O'quv  ishlari bo‘yicha prorektor

Qabul kunlari: Payshanba-Shanba
Telefon: +99871 244 00 49
E-mail: ruziyevzokirjon.iia@gmail.com

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘quv ishlar bo‘yicha
prorektori lavozim vazifalari:

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Davlat ta'lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma'naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash;
• Davlat ta'lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta'minlash;
• Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, o‘quv-tarbiya jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha akademiya Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
• Ilg‘or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta'limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash;
• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
• Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
• O‘quv jarayonini ta'minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
• O‘quv jarayoni bilan shug‘ulanadigan bo‘limlar, fakul'tet va kafedralar, akademik lisey va «Ziyo Zukko ta'lim maskani» ta'lim bilan bog‘liq ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
• O‘tilayotgan darslarning sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta'minlash;
• O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, akademiya o‘quv-uslubiy kengashi va pedagogik mahoratni oshirish ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
• O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda akademiyaning barcha ta'lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
• Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va tadqiqotchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Imom Buxoriy, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
• Professor-o‘qituvchilar va o‘quv ishiga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etish;
• Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash va malakasini oshirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
• O‘quv xonalaridan unumli foydalanish, auditoriya va laboratoriyalarni  texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
• Ushbu prorektor bo‘ysinuvidagi mehnat va ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Ta'lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta'minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda fakul'tet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• Kafedralar, fakul'tetlar va bo‘limlar, akademik lisey va «Ziyo Zukko ta'lim maskani» yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy faoliyatini tanqidiy baholashni amalga oshirish;
• Oliy ta'lim muassasalari bilan o‘quv-uslubiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
• O‘rnatilgan tartibda akademiyaning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;
• O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasini o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o‘tkazish, tashqi attestasiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish;
• O‘ziga biriktirilgan tovar-moddiy boyliklaridan foydalanish va ularning butligini ta'minlashga to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. 
Rektor tomonidan ushbu lavozim vazifalaridan tashqari boshqa funksiya va majburiyatlar yuklatilishi mumkin.

Biografiya