-thumb.jpg)
Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor
iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Qabul kunlari: Dushanba-Chorshanba-Juma 15:00-17:00
Telefon: +99871 244 24 95
E-mail: o.astanakulov@iiau.uz
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor lavozim vazifalari:
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini hamda Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini amalga oshirishni tashkil etish;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, topshiriqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, halqaro hamkorlik jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha akademiya Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari ijrosini tashkil qilish;
– Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil qilish;
– Malakali хorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini joriy etish;
– O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori bilan hamkorlikda ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda fakultet, kafedralar tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
– Xorijiy aloqalarga doir masalalarni hal qilish maqsadida chet el vakillari va O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borish;
– Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori bilan hamkorlikda islom olamida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar, zamonaviy-siyosiy jarayonlarga oid xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish;
– Akademiyada o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy konferensiya, seminar va simpoziumlar monitoringini amalga oshirish va ularda mutaxassis olimlarning ishtirok etishi bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
– Xalqaro hamkorlik bo‘limi va talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
– Akademiyaning fakultet, kafedra va bo‘limlari xorijiy ta’lim muassasalari va xalqaro tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatishida yordam berish va muvofiqlashtirish;
– Xorijiy muassasalar, vakolatxonalarning homiylik va grant ajratmalari yordamida akademiya o‘quv bazasini chet tilidagi o‘quv, ilmiy adabiyotlar va texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha takliflar kiritish;
– Xorijga yuboriladigan o‘qituvchi, xodim va talabalarning nomzodlarini tegishli prorektorlar bilan hamkorlikda taklif ishlab chiqish va rektor tasdig‘iga havola etish;
– Xorijdan keladigan rasmiy delegatsiyalarning tashrif dasturlarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash;
– Akademiyaga homiylik yordami ko‘rsatish istagini bildiradigan xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkorlar bilan muloqotlarni amalga oshirish;
– Akademiya professor-o‘qituvchi, xodim va talabalarining xorijiy safarlari bilan bog‘liq masalalar belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta’minlash;
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Astanakulov Olim Tashtemirovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 20 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2005–2008-yillarda Toshkent moliya instituti Audit kafedrasida aspirant (o‘rindoshlik asosida assistent) sifatida boshlagan. 2008–2010-yillarda mazkur kafedrada assistent lavozimida ishlagan.
2010–2012-yillar davomida Toshkent moliya instituti Hisob va audit fakulteti dekani muovini lavozimida, 2012–2018-yillarda esa Moliyaviy menejment fakulteti dekani sifatida samarali faoliyat yuritgan. 2018-yilda ushbu institutda bir vaqtning o‘zida Moliyaviy menejment fakulteti dekani hamda Audit va iqtisodiy tahlil kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan.
2018–2019-yillarda Toshkent moliya instituti Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, Audit va iqtisodiy tahlil kafedrasi dotsenti lavozimlarida mehnat qilgan.
2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash fakulteti dekani sifatida faoliyat olib borgan.
2021–2025-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.
2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar O.Astanakulov 250 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 8 ta monografiya, 7 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
O.Astanakulov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, O.Astanakulov xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, Erasmus+ dasturida oliy ta’lim eksperti (Higher Education Reform Experts) sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, u qator xalqaro grant va hamkorlik loyihalarida milliy koordinator sifatida faol qatnashib, akademik mobillik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va tajriba almashish platformalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.
O.Astanakulov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.