Sadibaqosev Habibullo Shodiboy oʻgʻli

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent

Qabul kunlari: Dushanba-Juma 10:00-12:00

Telefon: +99871 244 00 69

E-mail: h.sadibakosev@iiau.uz

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi diniy-ma'rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori lavozim vazifalari:

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
• Rektor tomonidan berilgan  lavozim vazifalariga muvofiq topshiriq va vazifalarni bajarish;
• Yuqori muassasalari tomonidan tasdiqlangan  o‘quv, ilmiy  va ma'naviy- tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta'minlash;
• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish; ilmiy, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliyot ishlarini tashkil etish, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish jarayonlarini boshqarish; ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha; moliya-iqtisod va moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida prorektorlar faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
• “Jaholatga qarshi ma'rifat” ulug‘vor  g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar azaliy qadriyatlarimiz ifodasi ekanligini keng yoritish va bu sohadagi ilmiy-ma'rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;
• Islom va jahon sivilizasiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy madaniy me'rosini chuqur o‘rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish;
• Jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirishda akademiyaning ilmiy va amaliy ko‘magini ta'minlash;
• Jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, tinchlik va totuvlikni, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda diniy-ma'rifiy soha vakillarining dahldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;
• Islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran o‘rganish hamda targ‘ib etish;
• Malaka oshirish markazi, “Ziyo” media markazi, Nashriyot-matbaa birlashmasi va «Islom ensiklopediya»si faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
• Globallashuv sharoitida jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va e'tiqod erkinligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida ilmiy-tahliliy materiallar tayyorlash;
• Diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligini rivojlantirish asosida oliy ta'limdan keyingi bosqich sifatini oshirish, diniy-ma'rifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish;
• Birinchi prorektor bo‘ysinuvidagi bo‘limlardagi vakant o‘rinlari bo‘yicha  takliflar tayyorlash hamda ishga olinadigan nomzodlar bilan suxbat o‘tqazish;
• Birinchi prorektor bo‘ysinuvidagi bo‘lim va xodimlarining mehnat va ijro intizomini nazorat qilish va uni buzganlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
• O‘ziga biriktirilgan tovar-moddiy boyliklaridan foydalanish va ularning butligini ta'minlashga to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi.

BIOGRAFIYA