15-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda "Bag‘rikenglik haftaligi" o‘tkaziladi
Joriy yil 15-21-noyabr kunlari O‘zbekistonda 16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 1997-yildan buyon butun dunyoda har yili 16-noyabr “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida yurtimizda har yili 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” tashkil etiladi.
“Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazishdan maqsad jamiyatimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.
Haftalik doirasida “O‘zbekiston-bag‘rikeng diyor” shiori ostida turkum madaniy-marifiy tadbirlar, jumladan, “Do‘stlikni tarannum etgan yurt” hujjatli filmi taqdimoti, “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi, “Kitobxonlik bizni birlashtiradi” kitoblar ko‘rgazmasi, “Do‘stlik jamiyatlari: kecha va bugun” fotoko‘rgazmasi, “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida ilmiy-amaliy va maʼrifiy anjumanlar, boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur tadbirlar Tashqi ishlar, Adliya, Madaniyat, Xalq taʼlimi vazirliklari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etiladi.
“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida tashkil etiladigan tadbirlar aholi, ayniqsa yosh avlodni respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga, jamiyatda ko‘p millatli katta oila tuyg‘usini, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.
Manba: yuz.uz
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish