Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
Ulug‘ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, bebaho asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan.
Joriy yilda Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ladi. Joylarda sana munosabati bilan turli davra suhbatlari, ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekani Ilyos Mirziyotov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida “Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni”, “Mavlono Rumiy va Alisher Navoiyning ishq borasidagi qarashlari” hamda “Sab’ai sayyor” dostonidagi arab so‘zlarining tahlili” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.
Tadbirda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nargiza Shoaliyeva va “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti Mo‘tabar Madayeva tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Akademiya professori Zohidjon Islomov tadbirda so‘z olar ekan, buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
Keyingi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirib borilayotganini e’tirof etdi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalarining chiqishlari tadbirga yanada fayz ulashdi.
Tadbirda Alisher Navoiy ijodi va uning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, madaniyatlararo hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarni buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga targ‘ib qilish zarurligi qayd etildi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish