877

Vazirlar Mahkamasi qarorlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini ta’minlash, yurtimizda Qur’on ilmi, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar va boshqa xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Oldingi tahrirga qarang.

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Din ishlari qo‘mitasi deb ataladi) muassisligidagi yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son)

2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi kabi diniy ta’lim yo‘nalishlari, dinshunoslik, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti singari dunyoviy ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;

respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirish; 

islom dinining asl mohiyatini va insoniyatni ezgulikka eltuvchi din ekanligini ilmiy asoslangan holda teran o‘rganish hamda targ‘ib etish;

kadrlar tayyorlash jarayoniga yetuk mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilish orqali ilm-fan hamda ta’limning o‘zaro integratsiyasini chuqurlashtirish;

o‘qitishning zamonaviy uslub va metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish asosida ta’lim sifatini oshirish;

ilmiy tadqiqotlar natijalari bo‘yicha diniy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlardagi ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘ida ta’lim resurslarini yaratish va muntazam yangilab borish;

islom olamida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar, zamonaviy siyosiy jarayonlarga oid ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;

mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish;

malakali xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy ta’lim va ilmiy muassasalarga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

3. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Oldingi tahrirga qarang.

Akademiya rektoriga, zarur hollarda, Din ishlari qo‘mitasi bilan kelishgan holda Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son)

4. Belgilansinki:

Oldingi tahrirga qarang.

Din ishlari qo‘mitasi Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; 

Akademiya o‘z faoliyatida bevosita Din ishlari qo‘mitasi oldida hisobdordir;

(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son)

Akademiyaning ixtisoslashgan maktab, akademik litsey, bakalavriat va magistratura bosqichlari bitiruvchilariga beriladigan davlat namunasidagi hujjatlar (shahodatnoma yoki diplom) O‘zbekiston Respublikasida muayyan mutaxassisliklar bo‘yicha tegishlicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat deb e’tirof etiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

Akademiyaning bakalavriat va magistraturasiga qabul qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotalari asosida amalga oshiriladi;

(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son)

Akademiya magistraturasiga oliy ta’lim muassasalarining kamida bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘lgan hamda Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar ixtisosligiga mos keladigan yo‘nalishlarni bitirgan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar fuqarolari qabul qilinadi.

Akademiya bitiruvchilariga umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida sohaga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

5. Akademiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga moliyalashtirilishi inobatga olinsin:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;

muassislar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; 

xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;

Oldingi tahrirga qarang.

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son)

Oldingi tahrirga qarang.

6. Din ishlari qo‘mitasi:

(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son)

a) bir oy muddatda:

Akademiya ustavini tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralarini ko‘rsin;

Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan ularning professor-o‘qituvchilari va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazsin;

b) Toshkent islom universitetida tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Akademiyada tashkil etilayotgan ta’lim yo‘nalishlari (ziyorat turizmi, xalqaro munosabatlar, mumtoz sharq filologiyasi, islom tarixi va manbashunosligi)ning tegishli ravishda 2, 3 va 4-kurslarida o‘qishni davom ettirishlarini ta’minlasin.

v) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:

attestatsiya natijalari bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadigan xodimlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa tashkilotlarga mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirilishiga ko‘maklashsin;

Akademiyada tayyorlanadigan mutaxassisliklar uchun malaka talablarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

7. Belgilab qo‘yilsinki:

Toshkent islom universitetining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olib, uni 2017/2018 o‘quv yillarida bitirayotgan 4-kurs bakalavriat bosqichi hamda 2-kurs magistratura bosqichi talabalariga o‘rnatilgan tartibda tegishli yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha Toshkent islom universitetining bakalavrlik va magistrlik diplomlari beriladi;

Toshkent islom universitetining o‘qishni boshqa oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish istagini bildirgan 2 va 3-kurs talabalarining o‘qishlarini ko‘chirish Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida» 2017-yil 20-iyundagi 393-son qaroriga muvofiq, ular tahsil olgan davlat granti yoki to‘lov-kontrakti asosidagi ta’lim shaklini saqlab qolgan holda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

8. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Din ishlari qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblariga binoan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturining 2019-yil va keyingi yillar uchun mo‘ljallangan parametrlarini shakllantirishda Akademiyaning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobiga mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.

(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son)

9. Toshkent shahar hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi Akademiya uchun quriladigan va unga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan binolarni rekonstruksiya qilish, mukammal (kapital) ta’mirlash hamda jihozlash bo‘yicha buyurtmachi etib belgilansin.

Bosh loyiha va bosh pudratchi tashkilotlar belgilangan tartibda tender yoki tanlov o‘tkazish natijalari asosida aniqlansin. 

10. Toshkent shahar hokimligi Akademiyaning respublikaning boshqa hududlaridan kelib ta’lim olayotgan talabalarining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olib, Akademiyaga yaqin bo‘lgan hududdan talabalar turar joyi uchun mos bino ajratish yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda:

yetakchi xorijiy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini Akademiyada ma’ruza o‘qish, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishga jalb qilish;

Akademiya professor-o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarning ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalariga ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish choralarini ko‘rsin.

12. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Akademiyaga talabalar ta’lim shaklidan qat’i nazar, dastlabki imtihon («Dinshunoslik» va «Islomshunoslik» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun), kasbiy (ijodiy) imtihon hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilinsin. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihon O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bo‘yicha o‘tkazilsin.

(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyuldagi 386-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2022 y., 09/22/386/0637-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari Akademiya iqtidorli talabalariga ham tatbiq etilsin;

Akademiyaning bakalavriat va magistratura bosqichlarini bitirgan talabalar o‘z ixtisosligi bo‘yicha davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga ishga qabul qilinishida davlat ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan teng huquqqa ega bo‘ladilar, ularga nisbatan Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida» 2003-yil 11-avgustdagi 347-son qarori talablari qo‘llanilsin;

Akademiyaga 3 ta, shu jumladan 1 ta xizmat, 1 ta navbatchi va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.

13. «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Akademiya faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik hamkorlik o‘rnatish yuzasidan xizmat safarlariga boradigan Akademiya rahbarlari va xorijiy mutaxassislarga hamda ushbu muassasa tomonidan kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadigan yuqori martabali mehmonlarga Akademiyaning buyurtmanomalariga muvofiq Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportining VIP va SIP zallari orqali belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatilishini ta’minlasin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Akademiyani saqlash xarajatlarini 2018-yilda ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddatda:

Akademiya bilan birgalikda «Islomshunoslik» ta’lim sohasi va unga taalluqli yo‘nalishlarni (bakalavriat) hamda mutaxassisliklarni (magistratura) joriy etish va uni Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Akademiyada o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun salohiyatli va yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish, Akademiyani o‘quv rejalari va dasturlari hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiya faoliyatini samarali tashkil qilish maqsadida Akademiyani aloqa vositalari, keng qamrovli Internet tarmog‘i va boshqa texnik vositalar bilan belgilangan tartibda ta’minlash choralarini ko‘rsin.

17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 22-iyun,

466-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi 466-son qaroriga ILOVA 

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 

TUZILMASI* 

* Akademiya (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi. 

** Akademiyaning byudjetdan tashqari (to‘lov-kontraktlar hisobidan tashqari) mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.

(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 693-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020 y., 09/20/693/1476-son)

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.06.2018 y., 09/18/466/1386-son; 22.11.2019 y., 09/19/922/4050-son; 06.06.2020 y., 09/20/358/0725-son, 07.11.2020 y., 09/20/693/1476-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son, 15.07.2022 y., 09/22/386/0637-son; 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI O‘ZBEKISTON XALQARO ISLOM AKADEMIYASI HUZURIDA MALAKA OSHIRISH MARKAZI VA «ZIYO» MEDIA MARKAZINI TASHKIL ETISH HAMDA ULARNING FAOLIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, diniy soha xodimlari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi o‘rinlarda Akademiya deb ataladi) huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bo‘lgan muassasa shaklidagi Malaka oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi;  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi «Ziyo» media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi muassasa shaklidagi asosiy media tuzilma sifatida shakllantirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Belgilansinki, Markaz va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan mintaqaviy filiallarida (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy filiallar deb ataladi)da diniy soha xodimlari, shuningdek mazkur sohada faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, oliy, o‘rta maxsus, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sohaga oid pedagog kadrlari (keyingi o‘rinlarda diniy soha xodimlari deb ataladi) qayta tayyorgarlikdan o‘tadi va malaka oshiradi. 3. Quyidagilar: a) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: diniy soha xodimlarini islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik hamda fiqh va kalom ilmi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malakasini oshirish; «Jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasi ostida dinning asl ta’limoti, ezgulik g‘oyalari, o‘zaro hurmat, tinchliksevarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini targ‘ib etish hamda ular asosida yoshlarni tarbiyalash, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida targ‘ibot ishlariga mas’ul kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; davlat va jamiyat barqarorligi, umumjahon xavfsizligiga tahdid solayotgan yot g‘oyalar, din niqobi ostiga yashiringan unsurlarning asl maqsadlarini fosh etuvchi, ularga qarshi ma’rifat bilan kurashish g‘oyasining asl mohiyatini ko‘rsatish, chuqur ilmiy asoslarga tayangan targ‘ibot ishlarini olib boruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish; respublikada diniy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol etib, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib borish; ilmiy asoslangan, islom dinining asl ta’limotini o‘zida mujassam etgan bilimlarni qamrab olgan o‘quv reja, o‘quv dastur, o‘quv qo‘llanmalari hamda taqdimot materiallarini ishlab chiqish; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida ta’lim berish uchun malakali professor-o‘qituvchilar, sohaning taniqli mutaxassislarini jalb etish; b) «Ziyo» media markazining asosiy vazifalari etib belgilansin: mamlakatimizda islom madaniyati, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz merosini, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obod etish, muqaddas dinimiz musaffoligini asrash, aholi, ayniqsa, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarimizga hurmat hamda turli millat va e’tiqod vakillariga nisbatan bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish; xalqimizning diniy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va bunyodkorlik ishlari bilan aholini yaqindan tanishtirib borish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chuqur falsafiy va ibratga yo‘g‘rilgan ilmiy-ommabop va badiiy ko‘rsatuvlar tayyorlash; bugungi globallashuv davrida insoniyat hayotiga xavf solayotgan muammolar hamda oilaviy, odob-axloq va yosh avlod tarbiyasining dolzarb masalalarga oid tok-shoular hamda din sohasi vakillari, soha mutaxassislari va olimlari bilan davra suhbatlari, bahs-munozaralar, muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etish va ularni teleradiokanallarda efirga uzatib borilishini ta’minlash;  aholi, xususan yoshlarni g‘arazli kuchlar va oqimlarning ta’siridan asrash, terrorizm va ekstremizm g‘oyalarining asl maqsadlarini fosh etish, har xil oqimlardan, shu jumladan, «ommaviy madaniyat»ning zararli illatlaridan himoya etishga yo‘naltirilgan maxsus ko‘rsatuv va roliklar tayyorlash. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining mintaqaviy filiallari namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi «Ziyo» media markazining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Oldingi tahrirga qarang. Akademiya rektoriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Din ishlari qo‘mitasi deb ataladi) va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda mazkur qarorga 1, 2 va 3-ilovalarda nazarda tutilgan tuzilmalarga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. (4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son) 5. Belgilansinki: Markaz direktori va uning mintaqaviy filiallari rahbarlari Akademiya rektori tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi; Markaz va uning mintaqaviy filiallari xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi; qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda diniy-ma’rifiy sohadagi yetakchi mutaxassislar jalb etilganda, ularga belgilangan tartibda soatbay asosida ish haqi to‘lanadi; «Ziyo» media markazi xodimlariga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi. 6. Quyidagilar Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari; O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar; ta’lim xizmatlari ko‘rsatishdan, ilmiy-o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy va axborot-tahliliy mahsulotlarni ishlab chiqarish va ustavi bo‘yicha boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarini saqlash xarajatlarini 2019-yilda ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.  Markazga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin; Akademiya huzuridagi «Ziyo» media markazida zamonaviy televizion va ovoz yozish uskunalari bilan jihozlangan telestudiya hamda ovoz yozish studiyasini tashkil etish uchun zarur mablag‘lar ajratsin;  Belgilab qo‘yilsinki, Akademiya huzuridagi «Ziyo» media markazi faoliyatini saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarining tegishli yilga «Madaniyat va ommaviy axborot vositalari» sohasi uchun ajratiladigan mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.  8. Quyidagilar: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Markaz va uning mintaqaviy filiallari ustavlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin va ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin; Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Markaz va uning mintaqaviy filiallarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun salohiyatli va yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish, ularni o‘quv rejalari va dasturlari, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va materiallar bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsin; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Akademiya huzuridagi «Ziyo» media markazi, Markaz va uning mintaqaviy filiallari murojaatlariga asosan ularni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan ta’minlash hamda interaktiv va masofadan o‘qitish uslublarini tatbiq etishi maqsadida keng qamrovli Internet tarmog‘i ulash choralarini ko‘rsin. 9. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir oy muddatda Akademiya huzuridagi «Ziyo» media markaziga uchuvchisiz uchish apparatlaridan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risida xulosa taqdim etsin. 10. Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi va «Ziyo» media markazi Akademiya binosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishi inobatga olinsin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazining mintaqaviy filiallarini o‘quv jarayonini tashkil etish uchun mos binolarga joylashtirish choralarini ko‘rsin. 11. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.  12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2019-yil 14-yanvar, 25-son Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga  1-ILOVA  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining TUZILMASI Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) — 14 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 11 nafar. Markaz xo‘jalik bo‘limining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining o‘quv-yordamchi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga  2-ILOVA  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining mintaqaviy filiallari NAMUNAVIY TUZILMASI Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) — 6 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 4 nafar. Markaz filiali xo‘jalik bo‘limining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining o‘quv-yordamchi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga  3-ILOVA  O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi «Ziyo» media markazining TUZILMASI «Ziyo» media markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni — 19 nafar; shu jumladan, ma’muriy-boshqaruv xodimlari soni — 7 nafar.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2019 y., 09/19/25/2470-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023 y., 09/23/193/0260-son)
 

 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish