Oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarning turizm salohiyatini ilmiy yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov huzurida bir qator oliy ta’lim muassasalarining biriktirilgan hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham ishtirok etdilar.
Qayd etilganidek, turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha 11 ta oliygohga biriktirilgan 30 ta tuman va shaharlarning tarixi, turistik obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar hamda o‘ziga xos xususiyatlari asosida 67 ta turpaket ishlab chiqilgan. Turli tillarda tuman, shaharlar turizm salohiyati, hudud va uning tarixi to‘g‘risida jami 1 212 ta material, jumladan, 435 ta matnli, 277 ta video hamda 500 ta foto materiallar yaratilgan.
Shuningdek, oliygohlar tomonidan biriktirilgan hududlarda soha vakillari uchun 18 ta qisqa muddatli kurslar va turistik obyektlarda 38 ta amaliyot dasturlari 2 352 nafar talaba ishtirokida amalga oshirildi. Oliygohlarning har biri tomonidan respublikaga 500 nafardan turist jalb qilish maqsadida 7 ta ilmiy anjuman va forum, 6 ta xalqaro ilmiy konferensiya, 6 ta etno-festival, 4 ta yozgi lager, 10 ta tanlov va musobaqalar hamda 21 ta seminar-trening o‘tkazildi. Hozirgi kunga qadar 50 626 nafar mahalliy va 6 755 nafar xorijiy turist jalb qilindi.
Yig‘ilish davomida oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan 2024-yil bo‘yi hududlarda ilmiy konferensiyalar, festivallar hamda turistik obyektlarda talabalar amaliyotlarini amalga oshirilishi davom etishi bildirildi.
Vazir Q.Sharipov biriktirilgan hududlarda turizm salohiyatini oshirishda ilmiy yondashuvdan foydalanish, soha kadrlarining malakasini oshirishda ko‘maklashish, sun’iy intellekt yordamida turistik obyektlarning tarixi va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida turli tillarda videolavhalarni ko‘paytirish hamda ularni targ‘ibot qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi. Bundan tashqari, inklyuziv turizmga ko‘maklashish hamda surdo tarjima qilingan materiallarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish