212

Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida doimiy tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri Islomshunoslik fakulteti talabalari uchun “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi Farrux Elmirzayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Ekspertiza bo‘lim boshlig‘i Bekzod Soipov, bosh mutaxassis Bahodir Daminov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar qatnashdi. 

Uchrashuvni Akademiya birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustuvor yo‘nalishi ekani haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan ekspertlar ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi sabablari, buzg‘unchi oqimlarning maqsad-muddaolari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmay, balki xalqaro maydondagi muammolarni, jumladan, turli e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar orasidagi o‘zaro ishonchga soya solayotgani ta’kidlandi.

Ma’lumki, ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. 

Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.

Ayni paytda dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlayotgani qayd etildi. Bu borada yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berish, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish kerakligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish