Dunyoning eng boy qo‘lyozmalar majmuasiga 80 yil to‘ldi
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida institut tashkil etilganining 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirok etib, institut vakillarini qutlug‘ sana bilan tabrikladi.
Tadbirda Fanlar akademiyasi tizimidagi institut va muzeylar, bir nechta OTMlar, boshqa bir qator mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 1943-yil Oʻzbekiston Davlat xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasi) ning Sharq boʻlimi asosida tashkil topgan va 1950-yilgacha Sharq qoʻlyozmalarini oʻrganish instituti deb atalgan. 1950-yilda esa Institutda olib borilayotgan ilmiy sohalar qamrovini hisobga olib, Sharqshunoslik instituti deb nomlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targʻib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 24-maydagi Qaroriga asosan, institut mamlakatimizdagi qadimiy qoʻlyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan zamonaviy yozma manbalarni saqlash, oʻrganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targʻib qilish boʻyicha yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Institutning ilmiy faoliyati asosan qoʻlyozmalar fondi bilan bogʻliq. Bu qoʻlyozmalar majmuasi ilmiy jihatdan dunyodagi eng yirik va mashhur xazinalardan biri hisoblanadi. Bu xazinada saqlanayotgan asarlarning ichida eng qadimiysi IX asrga oid (Qurʼoni karimning kufiy xati bilan kitobat qilingan nusxasi), eng yangilari esa XX asrning oʻrtalariga toʻgʻri keladi.
Tadbir davomida mavjud qoʻlyozmalar fondini saqlash va boyitish, undagi turli mavzularga oid manbalarni kataloglashtirish hamda tarjima va tadqiq etish, Markaziy Osiyoning qadim va oʻrta asrlardagi tarixini oʻrganish kabi masalalarda tegishli OTM lar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish institut oldida turgan asosiy vazifalar ekani taʼkidlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish