277

Ijtimoiy tarmoqlarning xatari

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Inson salomatligi u oziqlanayotgan neʼmatlar sofligiga bogʻliq boʻlganidek, shaxs dunyoqarashining sogʻlomligi va ilm saviyasi oʻzlashtirayotgan maʼlumot va bilimlarining manbalariga bogʻliqdir. Shu sababdan, davrimizda internet tarmogʻidan foydalanish odobi ijtimoiy odoblarning eng ahamiyatlilaridan biri hisoblanadi.

Aslida, internet, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarni tashkil etishdan asosiy maqsad ilm olish imkoniyatlarini osonlashtirish, oʻzaro munosabatlarda qulaylik yaratish edi. Biroq bugungi kunga kelib, ularning vazifalari tobora kengayib, maqsadlari ham o‘zgarib bormoqda.

Har narsaning yaxshi va yomon tarafi boʻlganidek, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarning ham jiddiy xatarlari yuzaga chiqmoqda. Jumladan, ayni davrda ayrim buzg‘unchi oqimlarning internetdan g‘arazli maqsadlar foydalanayotgani, yoshlarni o‘z domiga tortayotgani, ayrim saytlarda bexayolik, turli fitnalar jamiyatni beqarorlashtiruvchi yolgʻon maʼlumotlar berilayotganini kuzatishimiz mumkin. 

Shuning uchun ham xalqimiz, xususan, yoshlarni ana shunday xatarlardan ogoh etish har bir ziyoli insonning eng dolzarb vazifasiga aylanib bormoqda. Zero, hozirgi davrda eng asosiy muammoga aylangan illatlardan biri yolgʻon axborotdir. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz maʼlumotlarni tarqatish, turli boʻxton va uydirmalarni urchitish holatlari koʻplab uchramoqda. Ayrim sodda insonlar mana shunday uydirmalarga ishonib, yolg‘on va boʻxtonga sherik boʻlib qolmoqda. Eng achinarlisi, koʻpincha tarqatilgan yolgʻon maʼlumotlar oqibatida insonning obroʻ va shaʼni toptalmoqda, shariatimizda qaytarilgan katta gunohlarga yoʻl ochilmoqda.

Shariatimizda har bir musulmonning sha’ni va obroʻsini toʻkish xuddi qonini toʻkish yoki molini oʻzlashtirish kabi boshqa musulmon uchun haromdir.

Soʻngi yillarda internet siyosiy kurashlar maydoni, turli xil manfaatlarning kuchli quroliga ham aylanib bormoqda.

Buzg‘unchi toʻdalar, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalangan holda odamlarni, ayniqsa, yoshlarni toʻgʻri yoʻldan adashtirish, ulardan oʻzlarining g‘arazli maqsadlari yoʻlida foydalanish, jamiyatda nifoq chiqarish hamda eng achinarlisi, urush olovini yoqishga urinishmoqda va bunga ma’lum ma’noda erishishmoqda ham. 

Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali dindan, shariatdan gapirayotgan, lekin aslida kimligi ham, kimdan ta’lim olgani ham nomaʼlum kimsalardan din olinmaydi. Chunki fatvo bu din demakdir. Shuning uchun mashhur tobein Muhammad ibn Siyrin rahmatullohi alayxi “bu ilm – dindir. Dinlaringizni kimdan olayotganingizga qaranglar” deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Muxtasar aytganda, hammamiz ham yangiliklardan xabardor boʻlish, dunyoqarashimizni o‘stirish maqsadida internet tarmog‘iga murojaat qilamiz. Muhimi, ulardan oqilona foydalansak, xususan, yoshlarni aqlan va ruhan toʻgʻri tarbiya topishida, turli yot qarashlar ta’siriga tushib qolmasliklariga hushyor boʻlsak, maqsadga muvofiq boʻladi.

Z.SOBIROV,

Urganch shahar “Miskin bobo” masjidi imom noibi

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Nov
04
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik.
04:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish