
Mutaassiblikdan nafrat
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT
Islom mutaassiblikka mutlaqo aloqasi boʻlmagan dindir. Islom manbalari – Qurʼon va sunnatda mutaassiblikka undovchi biror narsa yoʻq! Aksincha, kishilarni islomga undash Qurʼoni karim koʻrsatib berganidek, hikmat, goʻzal mavʼiza va chiroyli bahs ila amalga oshiriladi. Bu esa mutaassiblik, biror masalani yuzaki olishga butkul teskari boʻlgan uslubdir.
Paygʻambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadislarning birida: “Osonlashtiring – qiyinlashtirmang, xushxabar bering nafratlantirmang”, deya marhamat qilinadi.
Ushbu chaqiriq mutaassiblikni inkor etadi. Zero, mutaassiblikdan nafrat, kengbagʻirlikdan esa xushxabar yuzaga keladi. Demak, islom mutaassiblikni inkor etar ekan, u terrorni, tinch aholi orasida vahima keltirib chiqarishni va begunoh musulmonlarni balki, boshqa insonlarning ham qonini toʻkishni qoralaydi. Islomning nazdida bir odamning joniga qasd qilish butun insoniyatning joniga qasd qilish bilan barobardir. Qurʼoni karimda bu haqda: “Kimki biron jonni oʻldirmagan va yerda buzgʻunchilik qilib yurmagan odamni oʻldirsa, demak, goʻyo barcha odamlarni oʻldiribdi”, deyiladi (Moida surasi, 32-oyat).
Shunday ekan, islomni mutaassiblik bilan bogʻlash yanglishishdir. Bundan maʼlum boʻladiki, din nomidan qoʻporuvchiliklar qilishning muqaddas islom taʼlimotiga mutlaqo aloqasi yoʻq.
Maʼrufjon A’LOXO‘JAYEV,
Namangan shahar “Abdulqodir qori” jome masjidi imom-xatibi

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish