301

Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq

Korrupsiya bugungi kunda butun dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan birlamchi masalalardan hisoblanadi. Eng avvalo, ushbu illatning ta’rifiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Ilmiy adabiyotlarda shaxsing o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarni yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish korrupsiya deb yuritiladi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu g‘arazli illat katta yoki kichik, qudratli yoki nochor bo‘lishidan qat’i nazar, barcha mamlakatlarda mavjud. Ushbu zararli hodisani bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada hali-hanuz korrupsiya jamiyatlar zaiflashuviga sabab bo‘lmoqda.

Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa bo‘lib, barcha mamlakatlarga ta’sir o‘tkazadi va qonun ustuvorligiga to‘sqinlik qiladi. Bu demokratik infrastukturaga putur yetkazadi, iqtisodiyotni zaiflashtiradi va siyosatning beqarorligiga olib keladi. Garchi korrupsiyani xalqaro miqyosda kelishilgan ta’rifi mavjud bo‘lmasa-da, ko‘plab xatti-harakatlar korrupsiya sifatida tan olingan. Masalan, mansab vakolatini suiste’mol qilish, poraxo‘rlik, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, adliya tizimiga g‘arazli aralashuv, korrupsiyadan olingan moliyaviy daromadlarni yashirish kabilar.

Islom dini manbalarida ham korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari qoralangan. Jumladan, Baqara surasi 188-oyatda shunday deyiladi: “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan. Hadisi shariflarda ham ushbu illat qoralanganini ko‘rish mumkin. Xususan, Abdulloh ibn Amrdan keltirgan hadisda Muhammad (s.a.v.) pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlaganlari zikr qilingan.

Korrupsiyaning tarixiy ildizlari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun sardorlarga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan, degan qarashlar ham bor. Shumer davlati korrupsiyaga qarshi kurashgan ilk davlat sifatida e’tirof etiladi. Qadimgi davlatlarni ham, ayniqsa, huquqni himoya qiluvchi organlarni poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganini bizgacha yetib kelgan ba’zi manbalarda ko‘rishimiz mumkin. 

Tarix otasi Herodotning yozishicha, qadimgi Ahamoniylar saltanatida shox Kir II ning o‘g‘li Kambis II davrida pora olgan sudyaning terisi tiriklayin shilinib, kursiga tortib mixlab qo‘yilgan va uning o‘g‘li otasining terisi ustida o‘tirib, sudyalik qilishi lozim bo‘lgan. Bundan maqsad sudda ish ko‘rayotgan chog‘ida qaysi kursida o‘tirganini unutmasligi ekani qayd etilgan.

Korrupsiyaning unga qarshi kurashlardan o‘tib bugungi kungacha yetib kelgani shundan dalolat qiladiki, uni butunlay yoʻqotib boʻlmaydi. Hatto rivojlangan mamlakatlar ham korrupsiyadan butkul xalos boʻlolmagan. Biroq jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish yer yuzidagi barcha davlatlarda hamisha davom etgan.

O‘zbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida bir qancha dasturlar qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining 6 bob 34 ta moddadan iborat bo‘lgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risi”dagi qonuni xalqimiz urf-odatlari, an’analari qadriyatlari va tarbiyaviy tamoyillariga mos kelishi bilan ahamiyatlidir.

Jamiyatda korrupsiya hodisasining tarqalishi ortida ko‘plab iqtisodiy va siyosiy omillar mavjud. Ma’muriy korrupsiyasiyaning ikkita asosiy sababi mavjud bo‘lib, ular zulm va zaiflik demokratiyasidir. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda demokratiya hukmronligi korrupsiyaning tarqalishini cheklaydi. 

Aytish mumkinki, davlat tomonidan qabul qilingan iqtisodiy siyosat korrupsiya muammosini keskinlashtirish yoki kamaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Chunki kambag‘al mamlakatlarda korrupsiya ko‘rsatkichlari boshqalarga qaraganda yuqori ekani aniqlangan. Bu esa hukumatning past maoshi bilan bog‘liq. Ulardagi xodimlarni pora olishga yoki pul mablag‘larini o‘g‘irlashga majbur qiladi, iqtisodiy jihatdan badavlat mamlakatlar xodimlari shu qadar yaxshi maosh oladiki, pul olishning noqonuniy usullariga murojaat qilishda o‘z lavozimini yo‘qotishga xavfi katta. Korrupsiya  turli shakllarda bo‘ladi va quyidagi ushbu shakllarning keng tarqalganlari muhokama qilinadi. Iqtisodiy va ijtimoiy darajadagi korrupsiya uning eng zararli shakllaridan biri bo‘lib, u o‘zgalar manfaatlariga xizmat qilish uchun hokimiyat ta’sirdan noqonuniy foydalanish nepotizim deyiladi. 

Korrupsiya jamiyatda jinoiy faoliyat va uyushgan jinoyatchilikning kuchayishi hech qanday to‘xtatuvchi qonun mavjud bo‘lmaganda yanada kuchayadi. Ammo korrupsiyani yo‘qotishda quyidagi muhim qadamlar yordam berishi mumkin:

– ta’limga katta e’tibor qaratilishi kerak, bunga majburiy ta’limni taklif qilish orqali erishish mumkin;

– korrupsiyasiyaga javobgarlik mexanizmlari joriy etish. Bu, o‘z navbatida, me’yorlarni buzganlarni javobgarlikka tortadigan kuchli axloqiy xulq-atvorni targ‘ib qiluvchi madaniyatni rivojlantiradi. Korrupsiyasiyani menejerlar, xodimlar, yetkazib beruvchilar va mijozlarga hisobot berishni osonlashtirish orqali yanada kamaytirish mumkin. Kuchli nazorat muhiti korrupsiyasiya xavfini kamaytiradi va xodimlarni ishga olish yoki lavozimga ko‘tarishdan oldin batafsil tekshiruvlarga yordam beradi. Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning eng to‘g‘ri yo‘llaridan biri yoshlarni ma’nan yetuk, ilmli, teran fikr yuritadigan qilib tarbiyalashdir. Karrupsiya fuqorolar, ayniqsa yoshlarda ijtimoiy adolatga, haqiqatga, davlat organlari va mansabdor shaxslarga bo‘lgan ishonchni susaytiradi. 

Korrupsiyaning ildizini yo‘qotishdagi eng to‘g‘ri yo‘l bu – o‘sib kelayotgan yosh avlodni odob-axloqli, yuksak ma’naviyatli komillik jihatlarini o‘zida mujassam eta olgan shaxs sifatida tarbiyalashdir. Shu bilan birga, ta’lim-tarbiya jamiyatda hamda davlat hayotining barcha sohalari rivojiga birdek ta’sir ko‘rsatadi. U insonni barcha qing‘ir ishlardan, xususan, korrupsiya deb atalmish illatdan muhofaza qiladi. 

Ta’limdagi korrupsiya tufayli jamiyatning ko‘plab kasblari mutaxassis bo‘lmagan shaxslar qo‘liga o‘tadi. Bu illatning mudofaa tizimida tamirlanishi mamlakat qudratini zailashtiradi, iqtisodiyotdagi karrupsiya, xalqni qashshoqlashishiga olib keladi.

Agar biz yoshlarga Vatanga muhabbatni sog‘lom e’tiqodni hamda yuksak dunyoqarashni shakillantira olsak, ularning ma’naviyati boy, teran fikrli va oliyjanob shaxslar bo‘lib kamolga yetadi. Jinoyatchilikning hamda korrupsiyaning oldini olishda, Konstitutsiyada belgilangan qonun – qoidalarga  amal qilinsa va maqsadlarga erishishda, niyat xolis bo‘lsa, farzandlardagi insoniylik fazilatlari, shundagina komillik g‘oyalariga katta xizmat qiladi. Rasululloh (s.a.v.) ning hadisi shariflarida shunday deyilgan: “Hech bir ota o‘zining farzandiga yaxshi tarbiya berish va odob o‘rgatishdan ortiq hadya qilolmaydi”

Korrupsiya barqaror rivojlanishga va inson haquqlarini hurmat qilishga to‘sqinlik qiladi. Har bir inson korrupsiyani oldini olishga shaxsiy halollik bilan harakat qilishi va axloqiy tanlov qilish orqali o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. Korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolar va yoshlar ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Korrupsiya illatidan qutilish va islohotlarni uning changalidan qutqarish barchamizni sharafli burchimiz ekanligini birdek tushunmog‘imiz lozim. 

Oliy oquv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy ta’lim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasb-u amalga, ishonchga xiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Oʻzining gʻarazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tab tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat oliy oʻquv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun jamiyatga ziyon yetkazadi.

Izzatulloh NASRULLAYEV,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 

Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Dec
02
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik.
04:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish