293

Mutaassiblik ofatlari

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Yurtimizdagi xotirjamlik va barqarorlik tufayli xalqimiz barcha ibodatlarni emin-erkin qilmoqda. Xonadonlarda toʻy-u tomoshalar, bayram-u shodiyonalar boʻlmoqda. Bu neʼmatlarga chin maʼnoda shukrona qilish va ularning qadriga yetish kerak.

Din niqobidagi turli buzgʻunchi oqim va firqalar mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlar oʻrtasidagi ahillikka raxna solish maqsadidan qaytgani yoʻq. Bu esa har birimizdan doimo xushyorlik va ogohlikni, yoshlar tarbiyasiga masʼuliyat bilan yondoshishni, ularning diniy bilimi va savodxonligini tinmay oshirib borishni, shu yoʻl bilan jaholatga qarshi maʼrifatni qarshi qoʻyib, ular qalbini chetdan boʻlayotgan barcha hurujlardan qatʼiy himoya etishni talab etadi.

Yoshlarimizni turli xil yot oqimlardan himoya qilish dinda mutaassibona eʼtiqodda boʻlish va sof islomiy eʼtiqoddan bexabarlik sabab jamiyatda beqarorlik va fitnalarni keltirib chiqaradi. Jaholatdan oʻzini asrash har bir eʼtiqodli insonning musulmon sifatidagi burchidir.

Bugungi kundagi koʻplab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qurʼon va Sunnatda kelgan taʼlimotlarga zid ravishda oʻz fikriga ergashishdir.

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam esa: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot boʻlinglar. Chunki, sizlardan oldin oʻtganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar.

Diniy mutaassiblik ikki koʻrinishda namoyon boʻladi. Birinchisi, boshqa dinlarga nisbatan mutaassiblik. Ikkinchisi, dinda mutaassibona harakat qilishdir.

Dindagi mutaassiblik – kufr va shirk, asossiz takfir, nohaq qon toʻkishning sababidir. Mutaassibning ishi esa ilohiy taʼlimot bir yonda qolib shaxsiy tor tushunchalar uchun kurashish, shu yoʻlda oʻziga qarshi chiqqanlarni koʻr-koʻrona dushman eʼlon kilish, bu yulda diniy shiorlardan foydalanish va aslida esa ilohiy dinga emas, balki shaxsiy fikrlarga boshqalarni kuch bilan majburlashdir.

Akbarali YUSUFJONOV,

Uchqoʻrgʻon tumani Saidxon eshon jome masjidi imom xatibi 

Manba: muslim.uz

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Nov
04
Jaholatga qarshi marifat
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik.
04:43
Apr
01
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:26
Jan
05
Jaholatga qarshi marifat
Hijrat: Egri va to‘g‘ri talqin
14:25

Izoh qoldirish