Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va bugun
ANJUMAN
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida shu mavzuda o‘tkazilgan III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Markaziy Osiyo mintaqasida o‘rta asrlarda jahon tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlarning turli yo‘nalishlardagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilayotgani yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Markaziy Osiyo mintaqasi o‘zining ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy va geopolitik imkoniyatlari bilan dunyo e’tiborida turibdi. Azaldan yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik, savdoiqtisodiy va ilmiymadaniy aloqalar rivojlangan. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgani geosiyosiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega.
Anjumanda IRCICA tadqiqotchilari, Marmara universiteti (Turkiya), Qozon federal universiteti (Rossiya), O‘sh davlat universiteti (Qirg‘iziston) professoro‘qituvchilari, dotsentlar, yurtimizdagi xalqaro ilmiytadqiqot markazlari direktorlari, yosh olimlar, talabalar ishtirok etdi. Onlayn va offlayn formatda o‘tgan konferensiya qatnashchilariga Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish xalqaro markazi – IRCICA Bosh direktori, professor Mahmud Erol Qilich videomurojaat yo‘lladi. Unda jumladan, shunday deyiladi:
– Ushbu anjuman har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilishi bilan bir qatorda, doimiy ravishda mavzular va ishtirokchilar ko‘lami bilan ahamiyatli bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda IRCICA bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur ilm mashvarati, ushbu sohadagi tadqiqotlar Markaziy Osiyoning madaniy tarixi va merosini e’tirof etadi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va dunyoning boshqa mintaqalari o‘rtasidagi madaniy o‘xshashlik va o‘zaro aloqalarni belgilab beradi. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy an’ana va urfodatlari haqidagi maqolalar avvalgi ikki konferensiya kabi soha rivojiga hissa qo‘shishiga umid qilamiz.
Konferensiyada “Madaniy merosni asrabavaylash: Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi barqarorligining muhim vositasi”, “Zamaxshariyning “Mufassal” asarida Qur’on oyatlarining qo‘llanilishi”, “Turkiya kutubxonalarida Abu Rayhon Beruniy asarlari qo‘lyozmalarining o‘rganilishi” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
“Markaziy Osiyo mintaqasida islom madaniyati va san’ati”, “Markaziy Osiyo mutafakkirlari ilmiyma’naviy merosi”, “Markaziy Osiyo tarixiy yodgorliklari epigrafikasi va arxitekturasi” hamda “Markaziy Osiyo xalqlarining urfodat va an’analaridagi umumiylik va o‘ziga xoslik” kabi mavzular muhokamalar markazida turdi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, yozma yodgorliklari va ilmiy merosiga oid mavzular ham muhokama qilindi. Umuman, anjuman mavzulari xilmaxil va dolzarb bo‘lib, mahalliy va xorijlik taniqli olimlar, tarixchilar, islomshunoslar, etnograflar va manbashunoslarning ma’ruzalari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
– Xattotlik tarixi Qur’oni karimni yozib olish davri bilan bog‘liq, – deydi Marmara universiteti (Turkiya) professori Efdaluddin Qilich. – Xattotlikda ustozshogird munosabatlari muhim o‘rin tutadi. Xattotlik tirikchilik uchun emas, balki insonning ichki dunyosi, ruhiyatini oziqlantiradigan san’at turidir. Islom dini tarixida xattotlarning alohida o‘rni bor. Qur’oni karimni faqat o‘qib tushunib qolmasdan, uni insonlarga did bilan yetkazish bevosita xattotlarning ham vazifasi bo‘lgan.
Qizg‘in munozara, savoljavoblar tarzida o‘tgan anjumanda hamkor tashkilotlar bilan ilmiyamaliy aloqalarni yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi. Konferensiyaga taqdim etilgan ma’ruzalar alohida to‘plam holida chop etilishi, unda yoshlarning ilmiy maqolalari ham o‘rin olishi ta’kidlandi.
Munojat MO‘MINOVA,
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2022-yil 28-oktabr, 221-son
Izoh qoldirish