283

“Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-anjumani

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 2022-yil 2-martdagi 78-f-son farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2022-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 6-martdagi 122-son buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022-yil 11-martdagi 12-03/1530-sonli xatinig ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti Chet tillari kafedrasi 2022-yil 16-may kuni “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodologiyasining ahamiyati” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanini o‘tkazilishni rejalashtirgan. 

Anjumanning maqsadi: zamonaviy ta’limida chet tilini o‘qitishning nazariy, metodologik va amaliy masalalarini muhokama etishdan iborat.

Anjumanda muhokama qilinadigan masalalar:

- Zamonaviy ta’limda til o‘qitishning dolzarb muammolari;

- Til o‘rganishda AKTni qo‘llashning yangi tendensiyalari; 

- Nofilologik yo‘nalishlarda chet tilini o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari;

- Turli sohadagi fanlarni chet tilida o‘qitish mahoratini oshirish; 

- Chet tilini masofaviy o‘qitishda zamonaviy usullar va dasturlar bilan ishlash samaradorligini oshirish;

- Til o‘rgatishda virtual olam imkoniyatlaridan samarali foydalanish usullari

- Chet tilini til, tarjima va metodikani integratsiyalashtirgan xolatda o‘qitishning usul va yo‘llari, islomshunoslikka oid diniy terminlarni tarjima qilish usullari. 

Anjumanning o‘tkazilish vaqti: 2022-yil 16-may.

Ilmiy-amaliy anjumanning ochilishi 2022-yil 16-may soat 14:00 da boshlanadi 
(ishtirok etishning gibrid shakli).

Anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

Material matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchovdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan  2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib yoziladi.
Material mavzusining nomi o‘rtada va 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi, otasining ismi hamda sharifi bosh harflar bilan o‘ng tomonda yoziladi, shuningdek,
1,5 intervaldan keyin muassasa va shahar nomi ko‘rsatiladi.

Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegl kattaligida 1,5 intervalda va  kamida 3-5 betgacha hajmda bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida beriladi. 

Maqolalar anjuman yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda o‘zbek, ingliz, rus, arab, nemis, fransuz, ispan tillarida taqdim etilishi mumkin;

Maqolalar hajmi 3-5 varaq bo‘lib, qog‘oz va elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga topshirilishi lozim. Ma’ruza materiallari tahrirdan o‘tgandan so‘ng chop etilishi ko‘zda tutilgan. Maqolalarda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga muallif(lar) javobgar hisoblanadi. Mavzuga oid bo‘lmagan va talablarga javob bermaydigan maqolalarni chop etish va o‘z mualliflariga qaytarishga anjuman tashkilotchilari javobgar emas.

Anjuman materiallarini e'lon qilish mutlaqo tekin. 

ZOOM platformasi orqali anjumanga kirish uchun link:
https://us02web.zoom.us/j/89438526435?pwd=d1NOQXN4NDNLeUhtMWQxV1VmTlVhUT09

Konferensiya identifikatori: 894 3852 6435

Kod: 770952

Anjumanga yuboriladigan materiallar 2022-yil 13-maygacha qabul qilinadi.

Ushbu tartibda ilmiy maqolaning elektron nusxasi eshboyevadurdona@gmail.com elektron manziliga yoki Telegram +998998767374 raqamiga yuborilishi lozim. 

Murojaat uchun telefon: +998901307374.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish