Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq
Davlat va jamiyatning rivoji, xalqning adolatli turmush tarziga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf bu korrupsiya hisoblanadi. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazib, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Yurtimizda mazkur illatning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
2017-yil 4-yanvardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirgan bo‘lsa, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlandi. Islohotlar uzviy davom etib, 2019-yilning 27-may sanasida “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani esa bu yo‘ldagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta’lim markazi boshlig‘i Bahodir Ismoilov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga ma’ruza qildi.
Seminar davomida ta’limdagi korrupsiya mamlakat taraqqiyoti va jamiyat hayotiga ulkan xatar hisoblanishi qayd etilib, ta’lim sohasida korrupsiyani oldini olish, unga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda kurashish kerakligi ta’kidlandi. Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim sohasida korrupsiyani oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi. Yakunda ishtirokchilar mazmunli va qiziqarli ma’lumotlarga ega ma’ruza uchun minnatdorlik bildirdi.
Muxtasar aytganda, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu illatga qarshi keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda unga tanqidiy yondashgan holda milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish