522

Yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini yangi kitob nashrlari bilan yanada boyitish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda muassasaning ilmiy xazinasini yangi o‘quv darsliklari, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash darajasi sezilarli darajada oshib bormoqda. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot resurs markazida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan “Kitob bilim bulog‘i – talabaning o‘rtog‘i” mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Unda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda talabalar qatnashdi. 

Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligidagi nashrlar taqdimotida yangi nashrdan chiqqan 15 dan ziyod  o‘quv adabiyotlar talabalarga taqdim etildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kafedra tomonidan amalga oshirilgan nashrlar yildan-yilga ko‘payib, ilmiy salmog‘i ham ortib bormoqda. Shu bilan birga markazning elektron kitoblar bazasiga mazkur kitoblarning elektron variantlari ham taqdim etilgan bo‘lib, bu talaba va magistrantlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish