“Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” aniqlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada jami 6 ta talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov uch shart asosida o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli ishtirok etgan 6 ta jamoa turli sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 6-o‘rinni Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Xmim” jamoasi, 5-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va moliyasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Union” jamoasi, 4-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Grant” jamoasi, 3-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Unicorn” jamoasi, 2-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va moliyasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Four stars” jamoasi hamda 1-o‘rinni Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Ishonch” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish