Janubiy Koreyalik o‘qituvchi ishtirokida mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Koreyadagi intellektual transport tizimi xavfsizligi” mavzusida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.
“Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Janubiy Koreyalik o‘qituvchi, dotsent Byung Voon Choi hamkorligida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-kurs Axborot xavfsizligini boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
Byung Voon Choi intellektual transport tizimi xavfsizligi mutaxassisi sifatida katta ilmiy salohiyati, axborot xavfsizligini boshqarish yo‘nalishiga oid boy bilimlari, ko‘p yillik tajriba va yuksak malakasi bilan o‘rtoqlashdi. Axborot texnologiyalari, IT sohasini bugungi kundagi roli, intellektual tizimlarning transport sohasi va xavfsizligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar kabi yirik loyihalarida faol ishtirok etgani haqida tinglovchilarga atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Hozirgi kunda koreyalik malakali va tajribali mutaxassis Toshkent davlat Transport universitetida talabalarga saboq berib kelmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi koreyalik mutaxassis Byung Voon Choini “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasiga jalb qilish rejalashtirilmoqda.
Mashg‘ulot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan o‘qituvchi Byung Voon Choiga murojaat qilishdi. Qizg‘in muhokama ostida o‘tgan mahorat darsi talabalar uchun mazmunli va foydali bo‘ldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish