Konstitutsiya – farovon hayot garovi
Mustaqil O‘zbekistonning Bosh qomusi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirib, mustahkam bo‘lishiga beqiyos hissa qo‘shdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks etdi. Ayni paytda yurtimizda farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Akademik litseyida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Akademik litsey tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida o‘qituvchilar, xodimlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Bayram tadbirini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov kirish so‘zi bilan ochib, mazkur qutlug‘ sana bilan tadbir ishtirokchilarini, mehmonlarni, ustoz-murabbiylar va o‘quvchilarni chin ko‘ngildan samimiy muborakbod etdi. Konstitutsiyaning jamiyat rivojida tutgan ahamiyati, unda belgilab o‘tilgan inson huquq va erkinliklari, majburiyatlari, qonun-qoidalarga rioya qilishi kerakligi xususida ta’kidlab, Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, uning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan bayram tadbiri davomida Akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’r-qo‘shiqlar ijro etildi. Musiqiy chiqishlar esa bayram tadbiriga yanada fayz ulashdi. Tadbir yakunida o‘quvchilar tomonidan Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan devoriy gazetalar namoyish etildi.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimizda iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar va ma’naviy hayotda chuqur islohotlar o‘tkazish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib kelmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish