482

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. “Islomshunoslik”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari hamda magistratura yo‘nalishi talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilyapti.

Davra suhbatlarida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so‘z yuritildi. 

Darhaqiqat, korrupsiya mamlakat taraqqiyotini ortga surib, kelajakni xavf ostida qoldiradi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi korrupsion holatlar rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini tanlagan mamlakat yuksalishiga raxna soladi. Bunday jirkanch illatlarning tomir otishiga yo‘l berilsa, o‘sha joyda taraqqiyot va rivojlanish boy beriladi. 

Tadbirlar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari talabalarga bu haqida ta’kidlab o‘tishdi. Talabalar esa oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
 


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish