“Islom tarixi bilimdonlari” ma’lum bo‘ldi
Ilm-ma’rifatli millat hamisha taraqqiyot sari intiladi. O‘zining tarixini, ajdodlari, ota-bobolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Yoshlarning ilmga tashnaligi esa mamlakat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jarayonlarda mustahkamlash uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Akademiya “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi ham o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada barcha fakultetlardan jami 21 ta jamoa — 110 nafar talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov ikki shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shartda, jamoa a’zolariga umumiy savollar berildi. “Sardorlar bellashuvi” deya nomlangan ikkinchi shartda jamoa sardorlari bittadan keng qamrovli savollarga javob berish orqali bahsga kirishishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli ishtirok etgan 10 ta jamoa turli sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 5-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talabalarining “Badr” jamoasi, 4-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabalarining “Islomshunoslik qizlari” jamoasi, 3-o‘rinni esa Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talabalarining “Tolibatul ulum” jamoasi, 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talabalarining “Tajdid” jamoasi, 1-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talabalarining “Furqon” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Eng ahil jamoa”, “Eng matonatli jamoa”, “Eng kreativ jamoa” nominatsiyalari bo‘yicha ham guruhlar taqdirlandi.
Tanlov so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish