
Navbatdagi mahorat darslari o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan seminar-trening darslari tashkil etilgan. Bugun navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Habibullo Soliyev “Kitobat ilmi tarixi: o‘tmish, bugun, kelajak” hamda san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Masharib Abdullayeva “O‘rta Osiyo davlatlarining gilamdo‘zlik san’ati” mavzularida olib borishdi.

Seminarda ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosi, dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan munosib hissasi, uning bugungi kundagi ahamiyati hamda olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim jihatlar, olib borilayotgan dolzarb tadqiqotlar, yozma manbalarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, gilamdo‘zlik san’atining tarixi, sohada har bir xalq yaratgan san’at asarining bir biridan farqli va o‘xshash tomonlari xususida so‘z yuritildi.



O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish