“Bilimdon dinshunos”lar aniqlandi
Ajdodlarimizning boy diniy, ilmiy-nazariy merosini tiklash, chuqur o‘rganish, tahlil etish va rivojlantirish muhim hisoblanadi. Bo‘lajak dinshunos mutaxassislarni kasbiy faoliyat kompetensiyalarini shakllantirish, globallashuv jarayonlarida dinlarning o‘rni va ta’siri haqida mustaqil, sog‘lom xulosalar chiqara olish, fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish maqsadida “Bilimdon dinshunos” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Akademiyaning “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada jami 4 ta – “Super dinshunoslar”, “Muarrih”, “Islomshunos bilimdonlar” va “Din yulduzlari” talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov 4 bosqichda tashkil etildi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Islomshunos bilimdonlar” jamoasi, 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti “Islom tarixi va manbashunosligi” 2-bosqich talabalarining “Muarrih” jamoasi, 1-o‘rinni esa Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining “Super dinshunoslar” jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida tadbir qatnashchilari bilan ham qiziqarli intellektual o‘yinlar o‘tkazildi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish