Ilmiy-amaliy seminar
Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasida “Zamonaviy sharoitda yoshlar orasida bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish masalalari” (Вопросы формирования культуры толерантности среди молодежи в современных условиях) mavzusida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent Pravoslav seminariyasi talabalari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Seminarda Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi mitropoliti Vikentiy, Toshkent Pravoslav seminariyasi prorektori protoiyerey Sergiy Statsenkolar talabalarga jamiyatda diniy bag’rikenglikni ta’minlashda O‘zbekistonning tarixiy tajribasi borasida ma’ruza qilishdi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari uchun Yeparxiya bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Cherkov monaxi Mifediy talabalarga Yeparxiyaning tashkil topishi tarixi, pravoslav diniy marosimlari, an’analari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
Izoh qoldirish