522

Akademik litsey o‘quvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti, Akademiya psixologi Shoira Do‘smuhamedova tomonidan “Men tanlagan kasb – muammolar va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchi-yoshlarning o‘z kasblarini topishga yordamlashish, maqsad sari rivojlantirish, kelajakda tanlagan sohalari orqali jamiyatga kerakli inson bo‘lib yetishishlariga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan tadbirda litsey psixologi Oliya Miryakubova, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nilufar Jonibekova hamda guruh rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bir qancha psixologik metodikalar yordamida o‘quvchilarning qiziqishlari, dunyoqarashlari hamda xarakterlariga mos kasblar aniqlandi. Ularga har tomonlama faol bo‘lishlari uchun psixologik ko‘mak va tavsiyalar berildi.

Mahorat darsi yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olishdi. Bu kabi seminar-treninglarni muntazam o‘tkazib turish kerakligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish