522

Jizzax shahrida yangi nashr taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida musulmon olami huquqshunosi, Ustrushana – hozirgi Jizzax hududidan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” (Bola huquqlari kodeksi) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, faxriylar hamda mahalla faollari qatnashdi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati rahbari F.Muhammadiyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Z.Munavvarov, asar tarjimoni va noshiri M.Atayev, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov, direktorning ilmiy maslahatchisi professor B.To‘rayev, yozuvchi va noshir M.Narziqulov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Davra suhbati yakunida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish