532

Akademiyada sport bellashuvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Akademiya kubogi” sport o‘yinlariga start berildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari sportning futbol, voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennis bo‘yicha bahslarda ishtirok etishmoqda.

Akademiya xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan sport bahslari erkaklar o‘rtasidagi futbol bellashuvlari bilan boshlandi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra sakkiz jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda guruh bosqichi o‘yinlarini o‘tkazishadi.

Ertaga 2-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, bellashuvlar 29-sentabrga qadar davom etadi.

Musobaqa haqidagi so‘nggi yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy iiau.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

May
10
Yoshlar bilan ishlash
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
14:32
May
08
May
07
Yoshlar bilan ishlash
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
14:05

Izoh qoldirish