Özbekiston delegatsiyasi Haj anjumani va körgazmasida faol iştirok etmoqda
Ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda şahrida “Haj xizmatlari konferensiyasi va körgazmasi” bölib ötmoqda.
Dunyoning turli joylaridan kelgan soha mutasaddilari, xalqaro taşkilotlar va yetuk mutaxassislarni bir joyga jamlagan uşbu yirik tadbirda asosiy mavzu – ziyoratçilarga xizmat körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş.
Jumladan, jarayonlarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etiş va taşkiliy işlar sifatini oşiriş masalalari qizğin muhokama qilinmoqda. Taʼkidlaş kerakki, uşbu xalqaro anjumanda Özbekiston delegatsiyasi ham faol iştirok etmoqda.
Nufuzli tadbir doirasida Saudiya Arabistonining Haj va umra vaziri, doktor Tavfiq bin Favzon ar-Rabia maxsus maʼruza bilan çiqiş qilib, bölajak “Haj – 2027” mavsumi uçun belgilangan yangi talablar va taşkiliy mezonlarni eʼlon qildi. Unga köra, endilikda quyidagi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratiladi:
– tayyorgarlik jarayonlarini erta boşlaş hamda xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan şartnomalarni öz vaqtida rasmiylaştiriş;
– mehmonxonalar va boşqa yaşaş joylarining belgilangan yuksak sifat hamda xavfsizlik standartlariga qatʼiy mos kelişini taʼminlaş;
– barça taşkiliy va hujjatlarni rasmiylaştiriş işlarini faqatgina raqamli «Masar» yagona platformasi orqali amalga oşiriş;
– eng muhimi, ziyoratçilarga keng qulayliklar taqdim etadigan hamda ularning şaxsini tasdiqlovçi «Nusuk» kartasini doimiy ravişda yonda olib yuriş talabi qatʼiy belgilangani alohida taʼkidlab ötildi.
Özbekiston delegatsiyasi aynan mana şu yangi talab va mezonlardan kelib çiqqan holda, Haj va umra vazirligi mutasaddilari hamda yetakçi xizmat körsatuvçi taşkilotlarning vakillari bilan qator manfaatli muzokaralar ötkazdi. Bölib ötgan samimiy va amaliy muloqotlarda asosiy eʼtibor yurtdoşlarimiz uçun yaratiladigan şart-şaroitlarni yanada yaxşilaş, körsatilayotgan xizmatlar kölami va sifatini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratildi.
Xususan, muzokaralar davomida ziyoratçilarimiz ibodatlari uçun qulay şaroitlarni hozirlaş, zamonaviy transport vositalarini jalb qiliş, eng şinam turar joylarni tanlaş, hojilarimizni sifatli taomlar bilan taʼminlaş masalalari diqqat markazida böldi. Şuningdek, ularning xavfsizligi va salomatligini muhofaza qiliş tizimini yanada kuçaytiriş hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanişga alohida urğu berildi.
Bu kabi saʼy-harakatlar va erişilgan kelişuvlar kelgusi haj mavsumini sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi. Eng asosiysi, yurtdoşlarimiz uluğ amallarini xotirjam, xavfsiz va eng qulay şaroitlarda ado etişlari taʼminlanadi.
Maʼlumot örnida, Jidda şahridagi Haj xizmatlari konferensiyasi va körgazmasi şu yilning 11-noyabr kuniga qadar davom etadi.
Manba:
Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish