Bir kishi o‘qiyotgan kitoblar
Ustoz jurnalist Mahmud Sa’diy ayrim olimlarni kimgadir tanishtirganda, oshkora istehzo bilan shunday derdi:
“Bu kishim juda mashhur olim, darsliklari, monografiyalari, hatto o‘quv qo‘llanmalarini ham kamida uch kishi yoppasiga o‘qiydi”. Gapning kesatiq ekanini anglamagan odamning xayoliga, ajablanganidan shunday savollar keladi: Nega uch kishi? Butun boshli kitobni-ya? G‘alati emasmi? Unda bu kitobning nashr etilganidan nima naf? Biz bu savollarga javob izlab, qolaversa, ustoz uch kishi deganda kimlarni nazarda tutishini so‘raganmiz. “Birinchisi muallifning o‘zi, – deb javob qilgan rahmatli ustoz. – Ikkinchisi muharrir, uchinchisi musahhih”. “O‘quvchi-chi?” degan savolga javob qilmagan, albatta.
Kamida yigirma besh yil avvalgi xotiralar bular. O‘shandan beri ko‘p narsalar o‘zgardi.
Yosh-yalang kitob qo‘ltiqlab yurmay, veb-saytdan audio variantini eshitib qo‘ya qoladigan, talabalar yigirma sahifalik referat yo kurs ishini “nusxa ol va joyla” usulida o‘n daqiqada tayyorlaydigan, ilgarilari uch-besh yilda zo‘rg‘a bitta darslik yoki monografiya yozgan domlalar endilikda bir yil ichida to‘rt-beshta mahsulot tayyorlaydigan bo‘lib ketdi. Yana ayrim turdagi, jumladan, ilmiy yo‘nalishdagi kitoblarni o‘qiyotganlarning soni ham o‘zgargan. Ustoz aytgan kitoblarni o‘sha vaqtlarda uch kishi o‘qigan bo‘lsa, bugunga kelib ba’zi kitoblarni faqat bir kishi – muallifning o‘zi o‘qiydigan bo‘lib qoldi.
Oliy ta’lim dargohlarida xizmat qiladigan, ko‘pincha o‘zini “domla” deb tanishtiruvchi kishilar, o‘ylab ham o‘tirmay “yumaloq-yostiq” holidagi bosma mahsulotlarni nashr ettirishga ruju qo‘ydi bugun. Ayrim ilmiy yoki ilmiy-ommabop monografiyalarni, darsliklarni, o‘quv yo uslubiy qo‘llanmalarni o‘qigan kishi ularning boshi qayerda-yu keti qayerdaligini topgunicha ona suti og‘zidan keladi.
Abdulhamid Muxtorov,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi,
“Ziyo” media markazi direktori
Manba: “Jadid” gazetasi 2026-yil 3-aprel, 14-son
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish