Akademiya vakillari IRCICA kutubxonasi bilan tanishishdi
Avval xabar berganimizdek, Turkiyada Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) tomonidan malaka oshirish o‘quvlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur darslarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov hamda kafedra dotsenti Obidjon Tangirov ham ishtirok etishmoqda.
Akademiya vakillari o‘quvlar davomida IRCICAning boy ilmiy-ma’rifiy kutubxonasi, qo‘lyozmalar bilan ishlash bo‘limi bilan yaqindan tanishishdi.
Ularga IRCICA Bosh direktori maslahatchisi, tarix fanlari doktori, professor Ashirbek Mo‘minov hamrohlik qildi.
IRCICA kutubxonasi islom ilmlariga oid o‘zining nodir manbalari, qo‘lyozmalari bilan mashhur. Akademiya vakillari tashrif davomida manbalarni jamlash, ro‘yxatga olish, talab darajasida saqlash hamda ilmiy tadqiq qilish jarayoni bilan tanishishdi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish