7

Akademiya vakili Toshkent islom institutida maʼruza qildi

Toshkent islom institutida professor-oʻqituvchilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish oʻquv seminarlarining navbatdagi kunida seminarning ikkinchi qismi boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Azamat Nazarov “Yoshlar radikallashuvining oldini olishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruzada axborot va psixologik xavfsizlik tushunchasi, negativ axborot taʼsirlari hamda maxsus taʼsir vositalari haqida soʻz yuritildi. Maʼruzachi axborot isteʼmolini ongli nazorat qilish zarurligini taʼkidlab, radikalizm, zoʻravon ekstremizm va terrorizm tushunchalarini ilmiy jihatdan farqlab berdi.

Shuningdek, radikallashuv jarayoni makro va mikro omillar, individual va onlayn muhit taʼsirida shakllanishi, taʼlimda ilmga jiddiy yondashuv muhim ekani, klassik usullardan voz kechmaslik lozimligi qayd etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish