O‘zbekiston va Qatar: ilm-fan sohasidagi yangi hamkorlik istiqbollari
Avval xabar berganimizdek, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Qatar Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qatar Davlati Vaqf va islom ishlari vazirligi tomonidan Akademiyaga taqdim etilgan 17 nomdagi 600 ga yaqin qimmatli kitoblarning taqdimotiga bag‘ishlangan “Qatar – O‘zbekiston: ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlik” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan mazkur tadbir mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi ekani e’tirof qilindi.
Akademiya rektori mazkur nodir kitoblar uchun minnatdorlik bildirdi. Bugun Akademiya kutubxonasiga taqdim etilgan ushbu kitoblar talabalar, yosh tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar uchun aqida, fiqh, tafsir, hadis, islom sivilizatsiyasi va ma’naviy merosni chuqur o‘rganishda muhim manba bo‘lishini qayd etdi.
Samimiy muloqotda Hasan Hamza Hoshim yuqori darajadagi hurmat va mehmondo‘stlik uchun Akademiya mutasaddilariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Bu zamin azaldan yirik ulamolar, mutafakkirlar yurti ekanini e’tirof etdi. Akademiya bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lishini bildirdi.
Mazkur kitoblar “Uchinchi Renessans” uchun katta poydevor, muhim manba boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari, tadqiqotchilari va ustozlari uchun mazkur nodir kitoblar qulluq boʻlsin!
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish