Yurtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlariga start berildi
Bag‘rikenglik — bu xalqimizga xos azaliy fazilat. U boshqa millat va din vakillariga nisbatan hurmat, xayrixohlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lish, insonning e’tiqodi, tili yoki irqiga qaramasdan, eng avvalo, insoniy qadr-qimmat bilan e’zozlash madaniyatidir.
BMT Bosh Assambleyasining qaroriga ko‘ra, 1997-yildan buyon 16-noyabr har yili butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Bu sanani bizda, O‘zbekistonda nishonlash ham yaxshi an’anaga aylangan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhiti bilan ahillikda hayot kechirgan maskan sifatida e’tirof etiladi.
Hozirgi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bag‘rikenglik, do‘stlik va hamjihatlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda.
Bugun yurtimizning barcha hududlarida millatlararo va dinlararo do‘stlik, ahillik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan turli tadbirlarni o‘zida jamlagan “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlariga start berildi.
Haftalikning dastlabki tadbiri Prezidentimiz g‘oyasi asosida ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan “Yangi О‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qо‘yish marosimidan boshlandi. Mustaqillik monumenti davlat ozodligi va barqarorligi ramzi hisoblanadi. Unda O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolar siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faollari, diniy konfessiya vakillari, OAV vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etgan “Bag‘rikenglik marshi”dan so‘ng monument poyiga gullar qo‘yildi.
Shundan so‘ng “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida turli millat va din vakillari ishtirokida “Yangi О‘zbekiston” bog‘ida daraxt ko‘chatlarini ekish marosimi o‘tkazildi. Marosimda turli millat va din vakillari birgalikda yaxshi niyat qilib chinor ko‘chatlarini ekishdi.
Ta’kidlash kerakki, joriy yilning 10-15-noyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan “Bag‘rikenglik haftaligi” tadbirlari doirasida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi nufuzli san’at saroylari, teatrlar, konsert zallari, tomosha maydonlari va so‘lim xiyobonlari hamda bog‘larida turli madaniy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy kabi qiziqarli bayramona tadbirlar rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat
O`Z
РУ
EN
العربية
Izoh qoldirish