
Ilm va fidoyilik timsoli
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir keksa avlod vakillarining boy tajribasini o‘rganish, ezgu fazilatlarini ibrat sifatida ko‘rsatish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, ularning mehnatini e’zozlash maqsadida tashkil etildi.
Davra suhbatida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ahadjon Hasanov, kafedra a’zolari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Ustoz Ahadjon Hasanov 20 dan ortiq ilmiy monografiya, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 200 dan ortiq maqolalar muallifi. U kishining rahbarligida 10 dan ortiq nomzodlik, falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalar himoya qilingan.
Ko‘p yillik tinimsiz mehnatlari natijasida 1975-yilda “Misr mamluklarining ijtimoiy-siyosiy tizimi” mavzusida nomzodlik, 1994-yilda “Qadimgi Arabiston tarixi va uni o‘rganish muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi, fan doktori ilmiy darajasi, professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Ustoz hozirda ustoz Ahadjon Hasanov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Ilmiy sohadagi uzoq yillik samarali mehnatlari, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash ishiga qo‘shgan xizmatlari uchun 2011-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Registrator ofisi
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish