22

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining 50-umumta’lim maktabida aholini, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy saviyasi, bilimi va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda yot g‘oyalar, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. 

Tadbir “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida o‘tkazilib, unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ((PHD) Rahmatilla G‘aipnazarov ishtirok etdi. 

Davra suhbatida globallashuv jarayonida din niqobi ostida tarqatilayotgan turli g‘oyalarga qarshi kurashishda ta’lim va tarbiyaning muhim o‘rni, milliy qadriyatlarning jamiyat ma’naviyatidagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. Shu bilan birga, hayotiy misollar tahlil qilinib, yoshlarda ogohlik va xushorlikni oshirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi. 

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Izoh qoldirish