
Akademiya professor-o‘qituvchilari uchun o‘quv-mashg‘ulotlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26-30-avgust kunlari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun 2025/2026-o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur treninglar davomida ijtimoiy-siyosiy soha ekspertlari, taniqli olimlar ishtirokida ma’ruza darslari, mustaqil ta’lim 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik (me’yoriy-uslubiy hujjatlar bilan ishlash) kabi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Bugungi o‘quvlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, siyosiy sharhlovchi Quddus A’zamov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev hamda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori Avazbek G‘aniyev ishtirok etib, “Zamonaviy dunyoning mafkuraviy manzarasi va O‘zbekiston manfaatlari” va “Bruney davlatida ta’lim tizimi: zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yutuq va kamchiliklar” kabi mavzularda ma’ruza qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘quvlarni tashkil etishdan maqsad o‘tgan o‘quv yili yakunlarini tahlil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, professor-o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada shakllantirishdan iborat.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish