3

Siamen universiteti bilan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziya safari samarali kechmoqda.

Tashrif davomida Akademiya rektori Malayziya islom sivilizatsiyasi institutida o‘tkazilgan “Donishmandlik ko‘prigi: Musulmon olamining ilm, falsafa va silsilasiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi beshinchi xalqaro seminarda ishtirok etdi. 

Seminarda nufuzli ta’lim va ilmiy tadqiqot markazlari, jumladan, Malayziya milliy universiteti, Islom sivilizatsiyasi instituti, Malayziya xalqaro islom universiteti, Turkiyaning Ibn Xaldun universitetidan 50 ga yaqin islomshunoslar olimlar, taniqli ekspert va ilmiy doira vakillari qatnashdi. 

Shundan so‘ng safar davomida Malayziyadagi Siamen universitetiga tashrif buyurildi. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda universitet rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Universitet prezidenti, professor Vang Ruyfang ayni vaqtda universitetda 130 nafar O‘zbekiston fuqarosi tahsil olishi va kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi. 

Universitet rahbariyati talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar xususida ma’lumot berdi.

2012-yilda Selangor shtatida tashkil etilgan Xitoydagi Siamen universitetining ushbu filiali hozirda 25 ta bakalavr, 14 ta magistrlik va 7 PHD yo‘nalishlari bo‘yicha 48 davlatdan 9500 nafar talabaga ta’lim berib kelmoqda. 

Asosan, aniq fanlar va axborot-texnologiyalariga ixtisoslashgan universitet ta’lim sifati va tadqiqotlar bo‘yicha 2024-yilda Malayziyada top 4-o‘rin, Osiyoda esa 41-o‘rinni egallagan. 

Uchrashuvda Siamen universiteti bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Memorandum imzolash taklif etildi. 

Akademiya sun’iy intellekt va raqamlashtirish, axborot xavfsizligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish, almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va birgalikda tadqiqotlar olib borishga tayyorligini bildirdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish