6

Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro seminarda qatnashdilar

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ICESCO tashkiloti tomonidan “Arab tilini arab bo‘lmaganlarga ta’lim berish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish va pedagogik trening o‘tkazish” “Mishkat” arab tilini o‘rgatish” bo‘yicha trening o‘tkazildi.

Unda Toshkent islom instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Yangi asr universiteti hamda Oriyental universitetidan ja’mi 20 nafar professor o‘qituvchi ishtirok etishdi.

Trening “Tilshunoslik ta’limida zamonaviy texnologiyalar: arab tili misolida”, “Noarablarga arab tilini o‘rgatish uchun darajalar bo‘yicha zamonaviy dasturlarni ishlab chiqish”, “Noarab arab tili o‘rganuvchilarda so‘z boyligi va kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish”, “Noarablarga arab tili tovushlar, imlo va yozuv tizimlarini o‘rgatish: nazariya va amaliy ishlar”, “Sarf va Nahvni funksional o‘rgatish”, “O‘qish: ko‘nikmami yoki ko‘nikmalar majmuasimi?”, “Yuqori darajadaga o‘rganuvchilarga arab adabiyotini o‘rgatish”, “Noarablarga arab tilini o‘rgatishda bilimni baholash va baholash vositalari”, “Noarablarga arab tilini o‘rgatishda interfaol ta’lim va o‘yinli texnologiyalar”, “Arab tilini o‘rgatishda kreativlik” kabi mavzularda seminar har oyda bir yoki 2 marta o‘tkazildi.

Izoh qoldirish