
Oʻzbekiston – Xitoy munosabatlarining zamonaviy dinamikasi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, dunyo iqtisodiyotida ikkinchi o‘rinda turadigan, texnologik taraqqiyotga erishib borayotgan Xitoy bilan hamkorlik har jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari ildizi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladi. Bunda tarixiy “Buyuk Ipak yo‘li”ning roli beqiyos o‘ringa ega.
Bugungi kunda Toshkent – Pekin munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Yaqin yillar ichida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik munosabatlar jadal va barqaror tus oldi. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari natijasida barcha darajadagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.
Umuman olganda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqdi. Xitoy Rossiyani ortda qoldirib O‘zbekistonning birinchi iqtisodiy hamkoriga aylandi. Madaniy sohadagi hamkorlikni rivojlanishi o‘zaro aloqalarga ham ijobiy ta’sirini o‘tkazdi. Qolaversa, Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl”, “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” kabi mega loyihalari o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan bir qatorda kelgusidagi hamkorlikni istiqbolini oshirishga zamin hozirlaydi.
Habibullo Sadibaqosev,
Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor,
siyosiy fanlar doktori (DSc)
Manba: “Sharq mash’ali” jurnali 2025-yil 1-son

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish