
Akademiyada 2025/2026-o‘quv yili qabuli munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Ertadan, ya’ni 5-iyun sanasidan respublika oliy ta’lim muassasalariga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlanadi.
Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida mazkur jarayonga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda rektor Muzaffar Komilov hamda 2025/2026-o‘quv yili uchun Akademiya Qabul komissiyasi a’zolari ishtirok etishdi.
Akademiya rektori yig‘ilishda qabul jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish, abituriyent va ularning yaqinlariga qulay sharoitlar yaratish, qabul imtihonlarini shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazish bo‘yicha Qabul komissiyasi mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
Qabul komissiyasi o‘z faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, xolislik va beg‘arazlik tamoyillari asosida amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, qabul nizomlariga kiritilgan yangilik, imtiyoz va qulayliklarga alohida to‘xtalib, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishda mazkur talablarga qat’iy amal qilish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Majlis daovmida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan hududlar, bin ova auditoriyalarni belgilash, ularni shay holatga keltirish, imtihon jarayonlarini to‘liq videokuzatuv kameralari bilan ta’minlash, imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari va mas’ullar tarkibini shakllantirish kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.
Aytish joizki, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida joriy yil 5-iyun sanasidan “Call-markaz” faoliyati ishga tushiriladi.
Yig‘ilish bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
- Komplaens-nazorat

Izoh qoldirish