2

Akademiyada “Davlat va din munosabatlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Xabaringiz bor, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan may oyi “Huquqiy savodxonlik oyligi” e’lon qilingan edi. Oylik doirasida respublikamiz bo‘ylab targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Davlat va din munosabatlari” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.

“Islomshunoslik (kechki ta’lim)” yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan davra suhbati “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Tadbir “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Elyor Alimqulov tomonidan o‘tkazildi. 

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, fakultet dekanlari – Ilyos Mirziyotov, Jahongir Tohirov, Farhod Karimov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan fuqarolarining vijdon erkinligini taʼminlash, dinlar oʻrtasidagi bagʻrikenglikni mustahkamlash va diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi. 

Shundan so‘ng talabalar “Ishonch spektri”, “Ma’rifat kaliti” va “Erkin fikr” guruhlariga bo‘lingan holda konsepsiya mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Videorolik namoyishi”, “Viktorina”, “Case-study” hamda “Ijodiy ish taqdimoti” kabi shartlar asosida bellashishdi.

Tadbir ishtirokchilari diniy bagʻrikenglik, davlat va din munosabatlari, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashish masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Yakunda talabalar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.

Izoh qoldirish